Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandlikka olish bilan bog‘liq cheklovlar soddalashtirilmoqda
Senat yalpi majlisida “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, milliy qonunchilikda joriy qilingan farzandlikka olish institutidan foydalanilgan holda 2017 yilda 4 ming nafar bola sud tartibida farzandlikka olingan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 4,1 mingtani, 2019 yilda esa 4,3 mingtani tashkil etgan.
Bugunga kelib farzandlikka olish istagida navbatda turganlarning soni farzandlikka olganlarga nisbatan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Oqibatda noqonuniy yo‘llar bilan farzand asrab olish, shu jumladan, bola savdosi bilan bog‘liq holatlar uchramoqda.
Yangi qonun bilan Oila kodeksi hamda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Endilikda qonun bilan ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan hamda farzandlikka olishga to‘sqinlik qilmaydigan jinoyat turlarini sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga nisbatan farzandlikka va vasiylikka olish imkoniyati yaratilyapti.
Bolaning eng ustuvor manfaatlarini hisobga olgan holda, farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025