AQSh Panjsherdagi qarshilik kuchlariga yordam bermasligini ma'lum qildi
Pentagon Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlariga yordam bermasligini ma'lum qildi.

Foto: AP
“AQShning Afg‘onistondagi harbiy amaliyoti yakunlandi”, deb aytgan Pentagon vakili Jon Kirbi. U shu tariqa jurnalistlardan birining AQSh toliblarga qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savoliga shunday javob bergan.
Toliblarga qarshi Afg‘onistoning milliy qarshilik fronti kurash olib bormoqda. Avvalroq front vakillari Panjsher vodiysidagi janglar vaqtida 350 tolib yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.
“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonda ularga bo‘ysunmay kelayotgan yagona viloyat bo‘lgan Panjsherga 2 ta asosiy yo‘nalishdan - Bag‘lon viloyatidagi Andarab vodiysi va Parvon viloyatidagi Gulbahor shahridan hujum qilmoqda.
Mavzuga oid

12:00
Rossiya elchisi: AQSh bilan navbatdagi muzokaralar Moskvada bo‘lib o‘tadi

23:13 / 10.06.2025
Trampning tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad bo‘lib o‘tadi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

15:34 / 10.06.2025