Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Abdulla va Karzayni uy qamog‘ida saqlamoqda – OAV
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Karzayning avtomobilini musodara qilgan va uning tansoqchilaridan qurollarni olib qo‘ygan.

Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzayni qo‘riqchilaridan mahrum qildi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda, deb yozadi TASS.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Karzayning avtomobilini musodara qilgan va uning tansoqchilaridan qurollarni olib qo‘ygan.
Shundan so‘ng sobiq davlat rahbari Abdulla Abdullaning uyiga ko‘chib o‘tgan. Ma'lumot berilishicha, chorshanba kuni uning uyida tintuv o‘tkazilgan.
CNN telekompaniyasining qayd etishicha, Karzay va Abdulla hozirda amalda uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.
O‘tgan haftada Hamid Karzay va Abdulla Abdulla toliblar nomidan panjsherliklar bilan muzokara o‘tkazishgandi.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025