Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yevrobondlari Afg‘oniston tufayli arzonlashdi - Financial Times
Investorlarni xavotirga solayotgan bir qancha jihatlar bor. Ulardan biri - qochqinlar inqirozi.

O‘zbekiston va Pokistonning xalqaro obligatsiyalari investorlar Afg‘oniston inqirozi oqibatlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda bosim ostida qoldi, deb yozadi Spot nashri Financial Times’ga tayangan holda.
Pokistonning dollardagi obligatsiyalari narxi taxminan 1 foizga tushdi. O‘zbekistonning 2030 yilda to‘lanadigan dollarlik obligatsiyalari esa qariyb chorak foizga kamaydi.
«Tashvishga solayotgan bir nechta jihatlar bor. Ulardan biri - qochqinlar inqirozi», deya aniqlik kiritdi LGIM’ning rivojlanayotgan davlatlar qarz majburiyatlari bo‘limi rahbari Uday Patnaik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda fond O‘zbekiston va Tojikiston tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarning o‘zi egalik qiluvchi zaxiralarini qisqartirdi.
FT’ning tushuntirishicha, bozorda asosiy e'tibor Afg‘onistonning qo‘shnilariga qaratilgan, sababi mamlakatning o‘zi xalqaro bozorda qarz majburiyatlariga ega emas, hokimiyatdan chetlatilgan hukumat esa mablag‘larining katta qismini Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi kabi donorlardan olgan.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025