Yangi O‘zbekiston universiteti uchun kontrakt summasi tasdiqlanmagani aytildi

Foto: Yangi O‘zbekiston universiteti
Yaqinda Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi e'lon qilingandi. Universitet rasmiy saytida keltirilishicha, kontrakt narxi 1 semestrda mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m, xorijiy talabalarga 5 ming dollar etib belgilangan.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga ko‘ra, saytda berilgan ma'lumot to‘g‘ri emas.
«Hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat bo‘lishi mumkin. Chunki Yangi O‘zbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq bo‘lishi mumkin, balki pastroq bo‘lar, aniq emas», dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid

10:30 / 31.05.2025
Kimyo muhandisligi talabalari uchun xorijda o‘qish, haq to‘lanadigan amaliyot va kontrakt to‘lovlarini qoplash imkoniyati yaratildi

16:29 / 25.03.2025
Muddatidan oldin qanday qilib talaba bo‘lish mumkin? – iqtidorli abituriyentlar uchun noyob imkoniyat

10:00 / 01.05.2024
“Yangi O‘zbekiston“ universiteti talabalari dunyoning birinchi raqamli oliygohida amaliyot o‘taydi

17:02 / 27.04.2022