Yevroittifoq AstraZeneca kompaniyasiga qarshi sudda yutqazdi
Sudning qayd etishicha, Yevropa komissiyasi «boshqa kelishuvchi tomonlar oldida alohida yoki ustuvor huquqqa ega emas».

Foto: Reuters
AstraZeneca kompaniyasi Yevroittifoqning vaksina yetkazib berish muddatining buzilishi to‘g‘risidagi da'vosi bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Yevropa komissiyasining Yevroittifoq mamlakatlari nomidan bergan da'vosida AstraZeneca iyun oxirigacha 120 mln doza vaksina yetkazib berishi, sentyabr oxirigacha jami yetkazib berilgan vaksinalar miqdori 300 mln dozani tashkil etishi kerakligi aytilgandi.
Sud qaroriga ko‘ra, kompaniya 27 sentyabrga qadar koronavirusga qarshi 80,2 mln doza vaksina yetkazib berishi lozim.
Kompaniya xabariga ko‘ra, bugunga qadar Yevropa ittifoqiga 70 mln dozadan ortiq vaksina yetkazib berilgan.
Yevropa komissiyasining boshqa barcha talablari rad etildi. Qayd etilishicha, Yevropa komissiyasi «boshqa kelishuvchi tomonlar oldida alohida yoki ustuvor huquqqa ega emas».
Yevrokomissiya 26 aprelda AstraZeneca kompaniyasini sudga berganini rasman tasdiqlagandi.
Mavzuga oid

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

11:25 / 03.06.2025
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

15:08 / 01.06.2025