Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti
Turizm va sport vazirligi mas'ullaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi 2-4 iyun kunlari xizmat safari bilan Gretsiyaning Afina shahrida bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Gretsiya turizm vaziri Xaris Teoxaris va vazir o‘rinbosari Sofia Zacharaki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ikki mamlakat o‘rtasida charter reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ta'lim sohasidagi hamkorlik doirasida Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti bilan o‘zaro tajriba, mutaxassislar va adabiyotlar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Gretsiya madaniyat markazida O‘zbekistondagi yunon diasporasi uchun beg‘araz asosda til kurslarini tashkillashtirish borasida fikr almashildi.
Gretsiya madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Lefteris Avgenakis bilan O‘zbekiston hamda Gretsiya hukumatlari o‘rtasida tuzilgan 2006-2009 yillarda ta'lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik dasturini qayta imzolash, mazkur sohalarda xodimlar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, turli sport tadbirlari, xususan ralli bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish hamda davlat-xususiy sektor sherikligi bo‘yicha Gretsiya tajribasini o‘rganish va tatbiq etishga doir hamkorlik qilishga kelishildi.
Mavzuga oid

13:08 / 25.07.2025
Rossiyalik erkak Gretsiyada 118 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

09:02 / 24.07.2025
Moldovadan qochgan oligarx Plaxotnyuk Gretsiyada ushlandi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

21:51 / 30.06.2025