Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatining ikki tumanida IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
Namangan viloyatining Uychi va Kosonsoy tumanlariga ichki ishlar bo‘limlarida yangi boshliqlar ish boshladi.
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Podpolkovnik Furqat Samijonovich Mirzayev Namangan viloyati, Uychi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
F. Mirzayev 2017 yildan buyon Kosonsoy tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Podpolkovnik Rasuljon Ahmadjonovich Pattayev esa Furqat Mirzayev o‘rniga Kosonsoy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R. Pattayev Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari-tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 fevral kuni Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev Uychi tumanining to‘rtta sektor rahbarini, shu jumladan, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Avazbek Xo‘jaxonovni ishdan olishga ko‘rsatma bergandi.
Prezidentning Namangan viloyatiga safari ortidan Uchqo‘rg‘on tumanida ham IIB boshlig‘i o‘zgargan.
Mavzuga oid

15:52 / 11.07.2025
Tuhmat va haqorat bo‘yicha ma’muriy ishlar ariza asosida qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

13:53 / 02.07.2025