Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduhalim Xolmahmatov bosh prokuror o‘rinbosarligidan ketdi
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmahmatov lavozimini tark etdi.

«Abduhalim Xolmahmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident farmonida.
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi A.Xolmahmatov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.
U 2020 yilning fevralidan buyon bosh prokurorga o‘rinbosarlik qilib kelayotgandi. Ayni vaqtda uning keyingi lavozimi ma'lum emas.
Bundan oldinroq, 2019 yildan buyon Toshkent shahriga prokurorlik qilib kelgan Bahriddin Valiyev bosh prokurorning birinchi o‘rinbosarligiga tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

11:42 / 07.05.2025