Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Tursunov tayinlandi.
Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda Andijon shahar «Sanoat qurilish temp» mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'minotchisi vazifasidan boshlagan.
U 2007-2010 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Banklar ma'lumotlari asosida soliq to‘lovchilarning budjet bilan munosabatlarini tahlil qilish shu'basi davlat soliq inspektori, 2012-2014 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Otabek Tursunov 2020 yil yozidan buyon Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
- 2013 yildan shu vaqtgacha Abdujabbor Egamberdiyev viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgandi (dastlab iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi keyinroq iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar lavozimiga o‘zgargan, hozirda moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar).
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

17:56 / 15.04.2025