Xorazm viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari o‘zgardi
Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Komiljon Erkinovich Sobirov Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Komiljon Sobirov shu vaqtgacha Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U yangi lavozimda 2020 yil martidan buyon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Otabek Baltaboyevich Yusupovning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifidan keyin viloyatda 4 hududda - Urganch va Xiva shaharlari hamda Bog‘ot va Xonqa tumanlarida yangi rahbarlar ish boshladi. Shuningdek, Botir Ozodovich Saidov viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

07:53 / 30.05.2025
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025