Eng ko‘p buyurtma berilgan koronavirusga qarshi vaksina nomi ma'lum qilindi
AstraZeneca pandemiya davrida vaksinadan foyda olish niyatida emasligini va uning bir dozasi uchun 4-5 dollar narx belgilashini bildirgan.

Foto: Leonardo Fernandez Viloria / Getty Images
Britaniyaning AstraZeneca ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksina eng xaridorgir vaksina hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Agentlikning ma'lumot berishicha, AstraZeneca vaksinasi sotuvining 40 foizi yoki 2,4 mlrd dozasi o‘rtacha va past daromadli mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. AQSh ushbu kompaniyaning 300 mln, Yevropa mamlakatlari esa 505,3 mln doza vaksinasiga buyurtma bergan.
Qayd etilishicha, talab yuqoriligiga kompaniya vaksinasining arzonligi sabab bo‘lgan. AstraZeneca pandemiya davrida vaksinadan foyda olish niyatida emasligini va uning bir dozasi uchun 4-5 dollar narx belgilashini bildirgan. Taqqoslash uchun: Pfizer vaksinasi 19,5, Moderna vaksinasi esa 32-37 dollar atrofida bo‘ladi.
Bundan tashqari, deb yozadi agentlik, AstraZeneca vaksinasi yana bir ustunlikka ega. Uni oddiy muzlatkichda ham saqlash mumkin. Pfizer va Moderna vaksinalarini saqlash uchun esa ancha past harorat talab qilinadi. Masalan, Pfizer vaksinasi minus 70 daraja haroratda saqlanishi lozim.
Mavzuga oid

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi

17:48 / 01.11.2024