Yaponiya valiahd shahzodasi shifokorlar uchun himoya kostyumlari tikdi
Yaponiya valiahd shahzodasi Fumixito va uning oilasi a'zolari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiy xodimlarga himoya kiyimlari tikdi.

Foto: asahi.com
Shahzoda shu tariqa tibbiy xodimlarga o‘z yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilgan. Bu haqda Asahi nashri xabar berdi.
Himoya kiyimlarini tikishda imperator saroyi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etgan.

Shahzoda Yaponiya shifoxonalarida himoya kiyimlari taqchilligi ma'lum bo‘lgandan keyin ularni tikishga bel bog‘lagan.

Kiyimlarga koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha tibbiy xodimlarga minnatdorlik so‘zlari bildirilgan yozuvlar biriktirilgan bo‘lgan.

54 yoshli Fumixito 2019 yil aprelda o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan ketgan imperator Akixitoning kenja o‘g‘li va hozirda hukmronlik qilayotgan imperator Naruxitoning ukasi hisoblanadi.
Mavzuga oid

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda

00:05 / 07.06.2025
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi

21:43 / 04.06.2025