Uolt Disney yashagan uy bir million dollardan ortiqroqqa sotildi
Uy Disneylar sulolasining mulki bo‘lib, 2015 yilda 650 ming dollarga sotilgandi.

Foto: Realtor.com
Dunyoga mashhur multiplikator Uolt Disney yashagan Palm-Springsdagi (Kaliforniya) uy 1,095 million dollarga sotildi, deb yozadi Los Angeles Times.
Uy 1962 yilda qurilgan bo‘lib, animator turmush o‘rtog‘i umrining qolgan qismini shu yerda o‘tkazgan.
Maydoni 227 kvadrat metrga yaqin bo‘lgan uyda to‘rtta yotoqxona va to‘rtta cho‘milish xonasi bor. Orqa hovlida basseyn, spa va patio joylashgan.
Uy Disneylar sulolasining mulki bo‘lib, 2015 yilda 650 ming dollarga sotilgandi.
Oradan ikki yil o‘tgach, mulk yana sotuvga qo‘yilgan. Uning narxi 865 ming dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

09:02 / 03.04.2025
Toshkentda uy ichida qulflanib qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatildi

08:53 / 31.03.2025
Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan obyekt qurilishi to‘xtatildi

13:21 / 24.02.2025