Koronavirus dunyoning eng olis yerlaridan biriga yetib bordi
Chilining Pasxa orolida (Rapa-Nui nomi bilan ham ma'lum) koronavirusga chalingan ilk bemor qayd qilindi.

Foto: Depositphotos
Bu haqda mahalliy hokimiyat ma'lum qildi.
Tinch okeanida joylashgan Pasxa oroli dunyoda eng olis joylashgan aholi yashaydigan orol hisoblanadi: u Chili sohillaridan 3514 km, eng yaqin aholi punkti – Pitkern orolidan 2075 km uzoqlikda joylashgan.
“Biz hamjamiyatimizda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha ilk holat tasdiqlanganini afsus-nadomat bilan xabar qilishga majburmiz. Gap ahvoli barqaror bo‘lgan yoshi katta odam haqida bormoqda”, deb ma'lum qilgan orolning mahalliy kengashi.
Shu sababli orol ma'muriyati aholini koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha choralarga amal qilishga chaqirgan: odamlarga bir-birlariga bir metrdan kamroq masofaga yaqinlashmaslik, yo‘talganda yoki aksirganda og‘izni qo‘l bilan yopish, qo‘llarni tez-tez yuvish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025