Uxandagi amerikaliklar oynasiz samolyotda evakuatsiya qilindi

Foto: Los Anjeles Times
Yangi turdagi koronavirus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahridan 240 amerikalik evakuatsiya qilindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Samolyot Alyaskadagi Ankorijda yonilg‘i to‘ldirish uchun qo‘ngan, u so‘ngra Janubiy Karolinaga yo‘lini davom ettirishi kerak. Ta'kidlanishicha, samolyotda diplomatlar va Uxanda bo‘lgan boshqa amerikaliklar bo‘lgan.
E'tiborlisi, amerikaliklarni evakuatsiya qilgan samolyotda illyuminatorlar bo‘lmagan.
Mahalliy Anchorage Daily News nashrining Alyaska shtati sog‘liqni saqlash departamenti vakiliga tayanib xabar berishicha, samolyot qo‘ngan hudud izolyatsiya qilingan. Yo‘lovchilar koronavirusga tekshiriladi.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025