MIBning soxta xodimi qo‘lga olindi
Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 7 oktabr kuni o‘zini «Majburiy ijro byurosida ishlovchi Husniddin» deb tanishtirgan shaxs tumandagi «Tafakkur» mahallasida yashovchi A.Jumanovadan «gaz ballon olib beraman» deb 110 ming so‘m, tumanning Yangi hayot qishlog‘ida yashovchi S.Jumaboyeva va uning qo‘shnisidan ham gaz ballon olib berishga va'da qilib, har biridan 110 ming so‘mdan pul olib, hozirgi kunga qadar gaz ballonlarni bermagan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Bo‘z tuman bo‘limi va tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida MIBning soxta xodimining shaxsi aniqlanib, u qo‘lga olindi. Ushbu shaxs ilgari ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan 2 marta sudlangani aniqlangan.
Hozirda Bo‘z tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi

08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi

13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi

18:40 / 09.11.2024