Mashhur suv havzasiga borgan amerikalik xavfli parazitdan vafot etdi

Foto: Fantasy Lake
Amerikalik Eddi Grey mamlakatdagi taniqli akvaparklardan biriga borgach, xavfli parazitni yuqtirib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda FOX46 telekanali xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, u Shimoliy Karolina shtatidagi Fantasy Lake akvaparkiga borgan, biroz vaqt o‘tgach, o‘zini yomon his qilgan. Shifokorlar Greyning boshmiyasida Naegleria fowleri amyobasi borligini aniqlashgan. U erkak miyasiga burni orqali suvdan o‘tgan. U 10 kun o‘tgach, hayot bilan vidolashgan.
Telekanalga ko‘ra, parazit suv orqali yutilsa, insonga zarar yetkazmaydi, biroq hid sezish organi asab tolalarini tushsa, boshmiyaning barcha bo‘limiga kiradi.
Kamberlend okrugi sog‘liqni saqlash departamenti direktori Dueyn Xolderning aytishicha, balandlikda suvga sakrashda va suvga keskin sho‘ng‘ishda parazitni yuqtirib olish mumkin.
Naegleria fowleri parazitlari bilan xastalanish juda kam uchraydi, AQSh 1962-2018 yillar oralig‘ida 145ta tibbiyotga ma'lum holat qayd etilgan. Bu vaqt mobaynida Shimoliy Karolinada 5 kishi ushbu parazit tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid

20:30 / 20.04.2025
NYT: Tramp Davlat departamentini «tubdan qayta tashkil etish»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025