Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Lukashenko birgalikda chang‘i uchishdi

Foto: Valeriy Melnikov / RIA Novosti
Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Sochida chang‘i uchishdi. Ular shu yo‘l bilan o‘zaro muzokaralarda tanaffus qilishga qaror qilishgan.
Tog‘ chang‘isi uchish taklifini Putin bildirgan. “Umid qilamanki, sizda biroz hordiq chiqarish va norasmiy vaziyatda muloqot qilish uchun vaqt topiladi”, deb aytgan Putin hamkasbiga.
Lukashenkoning aytishicha, u trassani oldindan sinab ko‘rgan.
Ikki rahbar uzunligi bir kilometrni tashkil qiladigan ikkita qoya bo‘ylab chang‘i uchishgan. Ma'lum qilinishicha, Putin va Lukashenkoning chang‘i uchishi uchun trassalarni qolganlar uchun yopmaslikka qaror qilingan.
Ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralar 3 kun, 15 fevralgacha davom etadi.
Muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 13 fevraldagi uchrashuvda Lukashenko Belarusda Rossiyaga sifatli mahsulotlar yetkazishga imkoniyat borligini ta'kidlab o‘tgan.
Putin va Lukashenko ushbu uchrashuv borasida yanvarda kelishib olishgan.
Mavzuga oid

23:31 / 25.07.2025
Tramp Putin bilan Zelenskiy uchrashishini ma’lum qildi

08:01 / 25.07.2025
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi

20:11 / 24.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

12:55 / 18.07.2025