Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerch bo‘g‘ozida ikki kemaning yonishi qurbonlarga olib keldi

Kerch bo‘g‘ozida Tanzaniya bayrog‘i ostida suzuvchi “Kandi” va “Maestro” kemalarida yong‘in chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Yong‘in oqibatida 11 dengizchi halok bo‘lgan, 12 kishi qutqarilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kemada jami 31 dengizchi bo‘lgan. Ular yong‘in boshlangandan keyin kemalarni tark etishga majbur bo‘lishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tanker va gaz tashuvchi kema yongan. Yong‘in bir kemadan ikkinchisiga yonilg‘i o‘tkazilayotganda yuz bergan. Qutqaruv operatsiyasida 7 ta kema ishtirok etgan.
Ma'lum qilinishicha, bo‘g‘ozda kemachilik odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid

18:21 / 29.07.2025
Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

09:58 / 29.07.2025
Andijonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

23:23 / 27.07.2025
Bolqon olov ichida qoldi

16:43 / 26.07.2025