Osiyo Kubogi. Tailand kichik sensatsiya sodir qildi

Foto: Twitter / @afcasiancup
Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.
A guruhida Bahrayn va Tailand terma jamoalari bellashdi. Avvalgi o‘yinda Hindistonga 1:4 hisobida yutqazgan tailandliklar bosh murabbiyni iste'foga chiqarib yuborishgan edi.
Bugun ular vaqtinchalik bosh murabbiy Sirisak Yodyarthay qo‘l ostida maydonga tushib, ancha uyushqoqlik bilan harakat qilishdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. 1-turda BAAga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish qilgan Bahraynning mag‘lubiyati esa kichik sensatsiya bo‘ldi.
Guruhning yana bir o‘yinida BAA va Hindiston bellashadi.
Osiyo Kubogi
A guruhi, 2-tur
10 yanvar
Bahrayn – Tailand 0:1
Gol: Songkrasin (58)
Bahrayn – Sayyid Shubbar Alaviy, Volid Muhammad Al-Hayom, Hamad Muhammad Ash-Shamson, Ahmad Ali Juma (Sami Al-Husayniy, 64), Sayyid Rizo Iso, Sayyyid Ziyo Sayyid, Abdulvahob Ali As-Sofiy (s), Muhammad Jasim Marhun (Abdulla Yusuf Halol, 65), Ali Ja'var Madon (Mahdi Alhumaydon, 79), Kumayl Hassan Al-Asvad, Muhammad Sa'd Ar-Rumayhiy.
Tailand – Sivarak Tedsungnen, Tiraton Bunmatan, Pansa Hemvibun, Supan Thongsong, Tristan Do, Adison Promrak (Chunuonsi, 90), Titifan Puangjan, Tanaboon Kesarat (Sanravat Dechmitr, 68), Chanatip Songkrasin, Adisak Kraysorn (Jayded, 80), Terasil Dangda (s),
Ogohlantirishlar: Hemvibun (13), Txongsong (20), Krayson (43), Promrak (45).
Mavzuga oid

01:32 / 07.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

22:07 / 06.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi

09:37 / 04.04.2025
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston turnirni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

10:17 / 17.04.2024