AQSh Qora dengizga harbiy kema jo‘natmoqchi – CNN

Foto: EPA
AQSh Qora dengizga harbiy kema jo‘natmoqchi. Bu haqda uch amerikalik mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar berdi. Manbalarning fikricha, bunday rejalar Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi harakatlariga javob bo‘lishi mumkin.
AQSh Qora va O‘rta yer dengizlarini bog‘lovchi Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari orqali o‘tish uchun o‘z rejalari haqida Turkiyani xabardor qilishi kerak. Buni 1936 yilda imzolangan Montryo konvensiyasi talab qiladi. Ma'lum qilinishicha, AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi davlat departamentiga bu masala bo‘yicha murojaat qilgan.
Davlat departamentida AQSh “o‘z harakatlarini Montryo konvensiyasiga muvofiq amalga oshirayotgani” ta'kidlab o‘tilgan. AQSh oltinchi floti qo‘yilgan vazifalarni bajarishga tayyorligini ma'lum qilgan.
“Biz oltinchi flot javobgarligi hududida, jumladan Qora dengizdagi xalqaro suv va havo hududida xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyalarni muntazam o‘tkazamiz”, deb aytgan oltinchi flot vakili Kayl Reyns.
25 noyabrda Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini buzib, chegarachilar talablariga javob bermagani uchun ekipajlari bilan birga qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid

20:30 / 20.04.2025
NYT: Tramp Davlat departamentini «tubdan qayta tashkil etish»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025