BMTda Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi ixtilofni ko‘rib chiqish masalasi bloklandi

BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishida Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozida yuzaga kelgan vaziyatning ko‘rib chiqilishi masalasi bloklandi.
Ixtilofning ko‘rib chiqilishi uchun 4 davlat ovoz bergan, 7 davlat qarshi chiqqan, 4 davlat betaraflik bildirgan.
Rossiya “Azov dengizida xavfli vaziyat vujudga kelgani va uning ortidan kelib chiqqan oqibatlar” bilan bog‘liq holda Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘ragandi.
25 noyabrda Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya suv hududlariga kirib borgan. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, biroq ular Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tkazilmagan. Ukrainaning ta'kidlashicha, u kemalari o‘tishi haqida oldindan ogohlantirgan, biroq Rossiya tomoni buni inkor etmoqda.
Mavzuga oid

21:47 / 20.04.2025
Kreml Pasxa munosabati bilan e’lon qilingan sulhni uzaytirishdan bosh tortdi

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025