Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoshiqchi taqdiri. XVJ rahbari Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortdi

Foto: REUTERS
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktori Kristin Lagard Saudiya Arabistoni hukumati muxolif jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishida ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida Saudiya Arabistonidagi investitsiya konferensiyasiga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters jamg‘arma vakilining bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«XVJ boshqaruvchi direktorining Yaqin Sharq mintaqasiga avvaldan rejalashtirilgan tashrifi kechiktiriladi», - deyiladi bayonotda.
13 oktabr, shanba kuni, Lagard Indoneziyadagi konferensiyada Turkiya hududidagi Saudiya konsulxonasida Qoshiqchi o‘ldirilganiga doir OAV xabarlaridan «dahshatga tushganini» ma'lum qildi. Shu bilan birga, o‘shanda u Saudiyadagi forumga baribir tashrif buyurishini ham aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo saudiyaliklar Qoshiqchining yo‘qolishiga «aloqador emasligi» haqida gapirgandi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025