Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kuper qo‘l ostida ilk marotaba g‘alaba qozondi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Bellashuv hamyurtlarimizning katta tashabbusi ostida o‘tdi. Ammo o‘yinda faqat 2ta gol urildi. 37-daqiqada o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Marat Bikmayev boshi bilan darvozaga yo‘lladi. 90-daqiqada uning uzoqdan bergan zarbasini darvozabon ushlab qololmadi.
Bu argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning dastlabki g‘alabasi bo‘ldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi qatorasiga 10ta o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabasiz seriyaga barham berdi.
Yurtdoshlarimiz navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 16 oktabr kuni Toshkentda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
O‘rtoqlik o‘yini
13 oktabr. Toshkent, «Milliy» stadioni, 11258 tomoshabin
O‘ZBeKISTON - KXDR 2:0
Gollar: Marat Bikmayev (37, 90)
Hakamlar: Dmitriy Mashentsev, Bahodir Qo‘chqorov, Ismoil Tolibjonov (uchalasi Qirg‘iziston). Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Vladimir Kozak, Azizbek Haydarov (Odiljon Hamrobekov, 36), Otabek Shukurov, Odil Ahmedov (Javohir Sidiqov, 70), Doston Hamdamov (Ivan Nagayev, 67) (Husniddin G‘ofurov, 83), Eldor Shomurodov (Ikrom Aliboyev, 66), Marat Bikmayev
KXDR: Ri Myong Guk (Sin Xyok, 46), Jan Kuk Chol, An Song Il, Ri Un Chol, Kang Kuk Chol (An Il Bom, 30), Kim Yong Il, Jong Il Gvan, Rim Kvang Xyok, Ri Tong Il, Kim Yu Song, Ri Cha Xo
Mavzuga oid

10:34 / 14.07.2025
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi

18:58 / 13.07.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

18:22 / 02.07.2025