"O‘zatom" agentligi direktori AES O‘zbekistonga nima berishiga izoh berdi
O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES)ning qurilishi tizimni barqarorlik, tejamkorlik va ekologik xavfsizlik bilan ta'minlaydi. KUN.UZ muxbiri "O‘zatom" agentligi direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"O‘zbekistonda AES qurilishi - birinchidan, elektr energiya tizimini barqarorlashtiradi, ikkinchidan, uglevodorod resurslarini iqtisod qiladi, uchinchidan, bitta reaktor 7 mln tonna is gazining havoga chiqishi oldini oladi. Ikkita reaktor qurilsa, 14 million tonna is gazining havoga chiqishi oldi olinadi", - deydi "O‘zatom" rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AES qurilishidan asosiy maqsad - mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bir qatorda aholining elektr energiyasiga oshib borayotgan talabini qondirish.
"AESning umumiy energetik muvozanatdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, ayni damdagi taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga borib 117 milliard KVt elektr energiya talab bo‘lsa, shuning 15 foizini AES yordamida qoplash ko‘zda tutilmoqda", - deya qo‘shimcha qiladi mutaxassis.
Mavzuga oid

09:25 / 05.07.2025
Zaporijjya AESda Rossiya zarbasi tufayli blekaut yuz berdi

13:00 / 30.06.2025
Vengriya TIV: AQSh Rossiya bilan AES qurishga to‘sqinlik qilgan sanksiyalarni olib tashladi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

10:49 / 23.06.2025