13 yoshli futbolchi raqib bilan to‘qnashuvdan so‘ng vafot etdi

Foto: wallpaper.feodosia.net
«Gelders Xerenberg» futbol jamoasining 13 yoshli darvozaboni raqib bilan to‘qnashuv oqibatida olgan jarohati tufayli vafot etdi.
Omroepgelderland’ning xabar berishicha, fojia Gollandiyaning MvR musobaqasi kubok o‘yini vaqtida yuz berdi. Darvozabon raqib bilan to‘qnashgan, so‘ng hushidan ketgan. Bolaga tez yordam chaqirildi, ammo yosh darvozabonda yurak urishi va nafas olishi darhol sekinlashgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar o‘yinchini qutqara olmadilar. Uchrashuv to‘xtatildi.
«Bunday kutilmagan to‘qnashuv shunday dahshatli oqibatga olib kelganiga ishonish qiyin. Biz uning oilasi va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz. Biz ularga sabr-toqat, bardosh tilaymiz», - deya ma'lum qilishgan MvR’ga vafot etgan sportchining do‘stlari hamda va ota-onasi oldida.
Mavzuga oid

20:01
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

16:24 / 05.06.2025
Abbos Fayzullayev Rossiyada Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

22:02 / 04.06.2025
Hammasi o‘z qo‘limizda, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart – Timur Kapadze

23:01 / 17.05.2025