Despacito qo‘shig‘i ijrochisini tunab ketishdi

Foto: KUN.UZ
Ispaniyada mashhur Despacito qo‘shig‘ining ijrochilaridan biri sanaluvchi xonanda Deddi Yankining qiymati 2 mln yevrodan ko‘proq bo‘lgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Las Provincias xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, xonandaga tegishli zargarlik buyumlari Valensiya shahridagi mehmonxona xonasidan o‘g‘irlab ketilgan.
Qayd etilishicha, Yankining xonasidan 2,5 ming dollar naqd pul ham yo‘qolgan.
Ayni paytda politsiya ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Avvalroq, «falastinlik» xakerlar YouTube’dan Despacito rekord klipini o‘chirib tashlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ta'kidlanishicha, buning o‘rniga ular klip haqidagi ma'lumotga «Falastinga ozodlik» shiorini qo‘shib qo‘yishgan.
Mavzuga oid

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

16:03 / 15.04.2025
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi

17:56 / 03.04.2025
Ispaniya «oltin viza» berishni to‘xtatdi

20:56 / 17.03.2025