Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshida Jamoatchilik kengashi tuzildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turistik faoliyat sub'yektlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Aynan shu maqsadlarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarovning tegishli buyrug‘iga muvofiq qo‘mita qoshida Jamoatchilik kengashi tuzildi va uning tarkibi tasdiqlandi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashining faoliyati turizmni rivojlantirish va shu yo‘nalishdagi ishbilarmonlik sub'yektlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratiladi.
Jamoatchilik kengashining raisi etib O‘zbekiston Xalqaro aeronavtika federatsiyasi boshqaruv raisi Tohir Soliyev tayinlandi.
Shuningdek Kengash tarkibidan O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Geografik jamiyati, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi, Restoran va otellar assotsiatsiyasi raislari va boshqalar o‘rin olgan.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

12:05 / 02.06.2025
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi

13:44 / 30.05.2025