Davlat test markazi yopiq ish rejimiga o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ
Davlat test markazi 2018/2019 o‘quv yilida oliy, oliy harbiy ta'lim muassasalari va harbiy akademik litseylarda qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlariga sifatli hamda o‘z muddatida tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish maqsadida 2018 yilning 26 iyun kunidan boshlab yopiq ish rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda DTM ma'muriyati xabar berdi.
Yopiq ish rejimi boshlanganligi munosabati bilan Davlat test markazida fuqarolarni qabul qilish, diagnostik test materiallari bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish va fuqarolar bilan boshqa vakolatli masalalar bo‘yicha ish olib borish 2018 yil 15 sentabrga qadar to‘xtatiladi, shuningdek, tegishli boshqarma va bo‘limlarda telefon aloqalari o‘chiriladi.
Bu davrda muddatli navbatchilik joriy etiladi.
Mavzuga oid

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

11:36 / 12.04.2025
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi

13:52 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi

12:55 / 08.04.2025