Buxoroda mashinani boshqara olmaslik yo‘lovchi o‘limiga sabab bo‘ldi

Illyustrativ foto/ iz.ru
Buxoro viloyatining Romitan tumanida 29 iyun kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi X.X. “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Toshkent-Xorazm” yo‘lining 412-km.da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada yo‘lovchilar, 61 yoshli Sh.Sh. va 59 yoshli D.S. ismli ayollar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchilardan biri bo‘lgan Sh.Sh. vafot etgan.
Mavzuga oid

11:32
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025