KXDR Singapurda Kim Chen In uchun limuzin qidirmoqda

Foto: KCNA/Reuters
Shimoliy Koreya vakillari Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi vaqtiga avtomobillar ijaraga olishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda The Straits Times manbaga asosan xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya delegatsiyasi AQSh prezidentida bo‘lgan avtomobillardan past darajada bo‘lmagan transport vositalari taqdim etilishini talab qilmoqda va hozirgi vaqtda Kim Chen In uchun limuzin izlashmoqda.
Ta'kidlanishicha, AQSh delegatsiyasi Singapurga prezident avtoparkini olib boradi. Uning ichida, xususan, Trampning Cadillac kompaniyasidan limuzini ham bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

11:35 / 05.06.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

14:20 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

17:55 / 25.05.2025