Mail.ru Group Turkiya bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Rossiyaning Mail.ru Group va Turkiyaning Turkcell kompaniyalari internet-xizmatlar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Gap ijtimoiy media va elektron pochta sohasidagi hamkorlik haqida ketmoqda.
“Bu strategik hamkorlik biz bu sohada birinchi va yetakchi o‘yinchilardan aylanishimizga kafolat beradi va xizmatlarimizni butun dunyo bo‘ylab eksprot qilish va raqobatchilikning yangi sohasini yaratishga imkon beradi”, deb aytgan Turkcell rahbari Ka'n Terzio‘g‘lu.
Mail.Ru Group Rossiyadagi yirik internet-kompaniyalardan hisoblanadi. Uning aktivlari orasida elektron pochtasi, uchta ijtimoiy tarmoq bor. Kompaniya portfelida Warface, Armored Warfare, Skyforge va Perfect World kabi o‘yinlar ham mavjud. Bundan tashqari, Mail.Ru Group’ga ICQ, Agent Mail.Ru va TamTam kabi messenjerlar tegishli.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025