BMT Markaziy Amerika davlatlaridan qochqinlar ko‘payotganidan xavotir bildirdi

Foto: AP Photo / Fabrice Coffrini
BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Markaziy Amerikaning shimoliy davlatlaridan qochqinlar soni keskin ko‘payganini qayd qildi. Bu haqda boshqarmaning matbuot kotibi Yekaterina Kitidi ma'lum qildi.
“Markaziy Amerikaning shimoliy davlatlaridan 2017 yil oxirida butun dunyo bo‘ylab 294 mingdan ko‘proq boshpana so‘rovchilar qayd qilingan. Bu 2016 yildagidan 58 foiz va 2011 yil oxiridagidan 16 marta ko‘proqdir”, deb aytgan Kitidi.
Boshqarmada ta'kidlanishicha, odamlar “zo‘ravonlik va ta'qiblardan” qochmoqdalar, ulardan ko‘pi o‘z yo‘llarida ko‘plab xavf va qiyinchiliklarga duch keladilar. Qochqinlarning aksariyati Beliz, Meksika, AQSh, Kosta-Rika va Panamada boshpana qidiradi. BMT boshqarmasi xalqaro hamjamiyatni qochqinlarni himoya qilish va Markaziy Amerikaning shimoliy davlatlariga bunday migratsiya sabablarini bartaraf etishda ko‘mak ko‘rsatishga chaqirgan. Boshqarma 2018 yilda qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatish dasturini amalga oshirish uchun xomiy davlatlardan 36,2 mln dollar ajratilishini so‘ramoqda. Hozircha bu mablag‘ning bor-yo‘g‘i 12 foizigina olingan.
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

13:25 / 29.05.2025