Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini eslatdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
«Afg‘oniston bo‘yicha qat'iy pozitsiyamiz o‘zgarishsiz qoladi – ushbu davlatda tinchlikka erishish uchun markaziy hukumat va boshqa kuchlar o‘rtasida oldindan shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish kerak. BMT bu borada yetakchi o‘rinni tutishi kerak. Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishida Turkiya tashqi ishlar vaziri qatnashgani ham prezident bu jarayonga katta e'tibor qaratayotganidan dalolat», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Toshkent konferensiyasidagi ishlar ham Afg‘onistonda tinchlikka erishish uchun jiddiy qadamlar bo‘ldi. Ikki davlat xavfsizlik idoralari rahbarlari o‘zaro ko‘proq uchrashishi, birgalikda terrorizm, ekstremizmga qarshi kurashishi uchun ko‘p ishladik», - deya aytib o‘tdi prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkiya fuqarolari uchun vizalar bekor qilingani turizm rivojiga katta turtki bergani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025