RFPL. Eldor Shomurodov dubli «Rostov»ga g‘alaba keltirdi

Foto: facebook/fcRostov
Rossiya chempionati 28-turida «Rostov» o‘z maydonida «Tosno» bilan bellashdi.
O‘yin taqdiri 2-bo‘limda hal bo‘ldi. Mezbonlar hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov raqib darvozasiga 2ta to‘p yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi. «Tosno» tarkibida yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin 90 daqiqa o‘ynadi.
Bu natijadan so‘ng, «Rostov» 34 ochko bilan 11-o‘rinda, «Tosno» esa 24 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
RFPL, 28-tur
Rostov – Tosno 2:0
29 aprel, «Rostov» stadioni
Gollar: 1:0 – 67 Shomurodov, 2:0 – 72 Shomurodov.
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Skopintsev (Zuyev, 66), Ionov (Makeyev, 79), Kalachev, Gatskan, Guliyev (Yusupov, 69), Parshivlyuk, Shomurodov.
Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Miyushkovich, Makarov, Galiulin, Jigulev, Nunu Rosha, Paliyenko (Rikardino, 74), Poletanovich (Karnitskiy, 81), Truyich (Skvortsov, 69).
Ogohlantirishlar: Makarov (2), Galiulin (35), Guliyev (55), Vilyush (63), Dugalich (68).
Chetlatish: Makarov (26).
Mavzuga oid

20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

12:26 / 05.06.2025
Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

16:41 / 02.05.2025