AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Bloomberg /Andrew Harrer
AQSh senati general-leytenant Pol Nakasoneni Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) direktori lavozimiga nomzodini tasdiqladi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Nakasone 2014 yildan beri MXA rahbari lavozimini egallagan Maykl Rojyers o‘rniga keladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp fevralda MXA va AQSh qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligi rahbarlari lavozimlariga Nakasonening nomzodini ilgari surgandi. Tramp bunda Nakasone boy tajribaga, jumladan kibertexnologiyalar bilan ishlash tajribasiga egaligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025