Suriya Rossiyaga AQShning portlab ketmagan ikkita raketasini topshirdi

Foto: Omar Sanadiki/Reuters
Suriyalik harbiylar Rossiyaga AQShning ikkita qanotli raketasini yubordi, ular Suriyaga zarba berish chog‘ida portlab ketmagan. Bu haqda TASS manbaga asosan xabar qilmoqda.
«Har ikki raketa ancha yaxshi holatda. Ular 17 aprel kuni rossiyalik harbiylarga topshirildi», - deya ma'lum qilgan manba.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu raketalar 18 aprel kuni «samolyot bilan Rossiyaga jo‘natilgan».
Ta'kidlanishicha, agentlik ushbu ma'lumotni rasman tasdiqlashi mumkin bo‘lgan axborotni ololmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi harbiy kuchni qo‘llash uni muzokaralarga majburlay olmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

08:34
Xitoy Trampni o‘zaro bojlarni bekor qilishga chaqirdi

20:51 / 13.04.2025
AQSh savdo borasida Xitoy bilan «yumshoq muloqot» boshlanganini ma’lum qildi

17:24 / 13.04.2025
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?

17:17 / 13.04.2025