Xitoy Skripal ishi tufayli chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters
XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi bo‘yicha ishda haqiqatni aniqlashga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomonlar haligacha barcha tan olishi mumkin bo‘lgan xulosaga kelmaganini alohida ta'kidlaydi.
«Xitoy tomonining fikricha, tomonlar Skripal ishida tezroq haqiqatni aniqlashi lozim. Ko‘plab global chaqiriqlar sharoitida tomonlar sovuq urush davridek fikrlash hamda qarama-qarshilikdan voz kechishi, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni amalga oshirishi lozim», - deya ma'lum qilgan Shuan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar o‘zaro hurmat va tenglik prinsiplari asosida qarama-qarshilikka yechim topishi darkor.
Mavzuga oid

18:26
Xitoydagi muhim imtihonlar paytida sun’iy intellekt ilovalari o‘chirib qo‘yildi

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025