O‘zbekistonga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston hududiga 26—27 mart kunlari Volgabo‘yidan Kaspiy dengizi orqali nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» ma'lumotlariga tayanib, FVV xabar berdi.
26 mart kuni respublika hududida yomg‘ir yog‘ib, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
27-mart kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shu kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo haroratining pasayishi kutilib, kechasi havo harorati 5-10 daraja iliq, shimolda 2-7 daraja iliq, joylarda 0-2 daraja sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid

19:27 / 25.06.2025
Iyul havosi turlicha bo‘ladi: ob-havo prognozi

13:20 / 23.06.2025
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

10:45 / 23.06.2025
O‘zbekiston janubida harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti

17:56 / 20.06.2025