Afg‘onistonda bir kun ichida 171 jangari yo‘q qilindi

Foto: Shah Marai
Afg‘oniston mudofaa vazirligi mamlakatning 10 ta viloyatida oxirgi sutkada 171 jangari yo‘q qilinganini ma'lum qildi.
“10 ta viloyatda olib borilgan harbiy amaliyotlar davomida bir kun ichida 171 jangari, jumladan IShIDning 6 a'zosi yo‘q qilindi”, deb ma'lum qilingan mudofaa vazirligining kundalik hisobotida.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p terrorchilar Qandahor viloyatida yo‘q qilingan, ularning soni 54 nafarni tashkil qilgan.
Afg‘onistonda oxirgi vaqt IShID va “Tolibon” jangarilari ancha faollashgan.
Mavzuga oid

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

21:58 / 21.05.2025