Xitoyda pandalar uchun 1,5 mlrd dollarlik ulkan qo‘riqxona barpo etilmoqchi

Foto: AFP
Xitoy banki Sichuan viloyatining janubiy qismida pandalar uchun ulkan qo‘riqxona yaratilishiga 10 mlrd yuan (1,5 mlrd dollar) ajratishga va'da berdi. Bu haqda Xitoyning o‘rmon xo‘jaligi vazirligida ma'lum qilindi.
Xitoy bankining Sichuandagi bo‘limi 2023 yilgacha Ulkan panda milliy bog‘i qurilishi bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Ma'lum qilinishicha, bog‘ 2 mln gektar maydonni qamrab oladi va AQShdagi Yyellouston milliy bog‘idan 2 marta kattaroq bo‘ladi.
Bog‘ning rejalashtirilishida ishtirok etgan sichuanlik amaldor Chjan Veychxaoning aytishicha, ushbu kelishuv loyiha amalga oshiriladigan hududda yashovchi kam ta'minlangan 170 ming kishining turmush tarzini yaxshilashga yordam beradi.
Ulkan pandalar Xitoyning norasmiy milliy ramzi hisoblanadi va asosan Sichuan tog‘larida, qo‘shni Gansu va Shensi viloyatlarida yashaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yovvoyi tabiatda 1864 ta, tutqunlikda esa 300 panda yashaydi.
Mavzuga oid

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025