JAR‘da odamlar kobra chaqib olgan sigirning go‘shtini yeb zaharlandilar

Foto: Layer, W./TASS
Janubiy Afrika Respublikasidagi Mpoza qishlog‘ining 60 nafar vakili, jumladan 16 nafar bola va 4 nafar qariya ilon zahri bilan zaharlangan sigirning go‘shtini yeb shifoxonaga tushib qoldilar. Jabrlanganlarda qattiq bosh og‘rishi va ko‘ngil aynish kuzatilgan. Shifokorlar ularga kuchli zaharlanish tashxisini qo‘yganlar, deb xabar bermoqda Daily Star nashri.
Qishloq aholisi kobra chaqib olgan sigirni ko‘chada topib olib, uni ovqatga ishlatishga qaror qilgan. Mahalliy hokimiyat qishloq ahlini ko‘chadan topib olingan go‘shtni ovqatga ishlatmaslikka chaqirdi.
Ayni vaqtda jabrlanganlar qanday ahvoldaligi noma'lum, biroq xabar qilinishicha, ulardan ba'zilari mahalliy kasalxonadan yaqin oradagi shahar shifoxonasiga ko‘chirilganlar.
Mavzuga oid

21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi

13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi

22:32 / 06.02.2025
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

09:12 / 03.02.2025