Mishi Batshuayi «Borussiya»ga o‘tdi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Mishi Batshuayi Dortmundning «Borussiya» klubiga ijara asosida o‘tdi. Nemis klubi ushbu futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijara olgani haqida e'lon qildi.
Joriy mavsumda ushbu 24 yoshli belgiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida atigi 2 gol urdi.
Ushbu futbolchi «Borussiya»-«Arsenal»-«Chelsi» jamoalarining o‘zaro rokirovkasi doirasida Germaniyaga keldi. Rurlar klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Arsenal»ga o‘tishi tufayli, «Arsenal» o‘z hujumchisi Olive Jiruni «Chelsi»ga berdi. Mishi Batshuayi esa Obameyang o‘rniga «Borussiya»ga bordi.
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

02:11 / 29.05.2025
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

21:06 / 10.03.2025