Voleybol bo‘yicha dunyodagi eng kuchli klub aniqlandi

Foto: TACC
Rossiyaning "Zenit" jamoasi voleybolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Italiyaning "Chivitanova"sini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Musobaqa Polshada bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi o‘rin uchun uchrashuvda Braziliyaning "Kruzeyro"si Polshaning "Skra" klubidan ustun (3-0) keldi.
Leon va Yoandri Leal ("Kruzeyro") ikkinchi tempdagi eng yaxshi hujumchi deb, Samoylenko ("Zenit") hamda Simon Robertlandi ("Kruzeyro") eng yaxshi bloklovchi, Butko ("Zenit") eng yaxshi uzatuvchi deb topildi. Eng qimmatbaho o‘yinchi deb esa Osmani Xuantorena ("Chivitanova") tan olindi.
Qozonning "Zenit"i bu musobaqada g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqan Rossiyaning ikkinchi klubiga aylandi, bundan avval 2014 yilda "Belogore" chempion bo‘lgandi.
Klublar ichida erkaklar jamoalari o‘rtasidagi birinchi jahon chempionati ilk bor 1989 yilda bo‘lib o‘tgan. Italiyaning "Trentino"si eng ko‘p g‘alaba qozongan – 4 marta, "Kruzeyro" uch marotaba birinchi o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid

16:31 / 09.04.2025
Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Voleybol federatsiyasiga rais etib saylandi

20:57 / 14.03.2024
Voleybol. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

20:18 / 20.09.2021
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo chempionatini 13-o‘rinda yakunladi

14:48 / 12.02.2021