O‘g‘ri qilmishi uchun ta'zirini yedi (video)

Foto: Getty Images
AQShning Takoma shahridagi uylardan birining egasi o‘g‘rilardan saqlanish uchun antiqa usulni o‘ylab topdi. U uyi ostonasiga o‘g‘rilarni qo‘rqitish uchun qo‘lbola “portlovchi” qutini go‘yoki pochta jo‘natmasidek joylab qo‘ygan va bu ish bergan.
YouTube’dagi videoda bu uyga o‘g‘rilikka tushmoqchi bo‘lgan kimsa bu usulning “jabrdiydasiga” aylanganini ko‘rish mumkin.
O‘g‘ri uy oldida sherigi mashinasidan tushib, u tomon yo‘l oladi. U uy hovlisiga osongina kirib, uy ostonasida turgan jo‘natmani o‘marish niyatida ko‘tarmoqchi bo‘lganda, qutining qopqog‘i otilib ketib, portlash tovushiga o‘xshash tovush yangraydi. O‘g‘ri bundan qo‘rqib ketib, voqea joyidan qochib qoladi.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025