Turkmanistonda ba'zi tumanlar va shaharlardan Saparmurod Niyozov nomi olib tashlandi

Foto: Indiatimes
27 noyabr kuni Lebap viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Turkmaniston prezidenti Lebap viloyati ma'muriy-hududiy bo‘linishiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
«Xronika Turkmenistana» nashrining xabar berishicha, mamlakatning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov sharafiga nomlangan ba'zi hududlar qayta nomlandi yoki tugatildi.
Xususan, Beyik Turkmanboshi nomidagi tuman tugatildi, uning hududi Dovletli tumaniga berildi. Niyozovning otasi sharafiga nomlangan Otamurod tumani va Otamurod shahri Kerki tumani hamda Kerki shahri etib o‘zgartirildi.
Sardorobod tumani (Sardor – S.Niyozovning unvonlaridan biri) Chorjou tumaniga o‘zgartirildi.
Bundan tashqari, Lebap viloyatining boshqa tumanlari, posyolkalari hamda shaharlari tugatildi yoki qayta nomlandi.
Mavzuga oid

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

09:37 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

17:54 / 06.06.2025