Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida bir necha o‘nlab kishilarning hisob raqamlari muzlatib qo‘yildi

Foto: © EPA-EFE/YAHYA ARHAB
Saudiya Arabistoni markaziy banki qirollik hududidagi moliyaviy institutlarga (banklar, kredit tashkilotlari) bir necha o‘nlab kishilarning hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishni buyurdi.
Shu maqsadda markaziy bank moliyaviy institutlarga hisob raqamlari muzlatilishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini yo‘llagan. Buning biror-bir sababi keltirilmagan.
O‘tgan dam olish kunlari Saudiya Arabistonida 11 shahzoda, 4 nafar amaldagi vazir va bir necha o‘nlab amaldorlar va tadbirkorlar korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kampaniya doirasida hibsga olingan. Ular orasida Saudiya Arabistonining birinchi qiroli Abdulaziz bin Saud Ol Saudning nabirasi Al-volid bin Talal ham bor. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, shahzoda dunyodagi eng boy odamlardan biri bo‘lib, Citigroup Inc va Apple Inc kabi kompaniyalar aksiyalari paketiga ega.
Uning Kingdom Holding kompaniyasi aksiyalari hibsga olinganidan keyin 21foizga tushib ketdi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025