Putin o‘z lavozimidan bo‘shatilgan gubernatorlarni mukofotlashga qaror qildi

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hududlarining iste'foga ketgan rahbarlari davlat mukofotlariga taqdim qilinishlarini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
2 noyabrda Putin Novo-Ogarevodagi qarorgohida kuzda o‘z lavozimlaridan bo‘shatilgan 10 gubernator bilan uchrashdi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin sobiq gubernatorlar o‘zlari boshchilik qilgan hududlarga qo‘shgan hissalariga tegishli baho bermoqchi bo‘lgan.
Uchrashuvda Pskovning sobiq gubernatori Andrey Turchak bo‘lmagan. Endilikda “Yagona Rossiya” partiyasi bosh kengashi kotibi lavozimini egallayotgan Turchak nima uchun uchrashuvda bo‘lmaganiga oydinlik kiritilmagan.
2017 yil kuzida Rossiya hududlarining 11 gubernatori iste'foga chiqarilgan. Jumladan, Samara, Nijniy Novgorod, Pskov, Orlov, Novosibirsk, Omsk, Ivanovsk viloyatlari, Krasnoyarsk va Primore o‘lkalari gubernatorlari hamda Dog‘iston va Nenetsk muxtor okrugi rahbarlari o‘zgargan.
Mavzuga oid

00:47
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

17:23 / 17.04.2025
Aybdorlar «xit paradi»da o‘zgarish: Tramp ilk marta Putinni urushning bosh aybdori deb atadi

15:09 / 16.04.2025
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

19:10 / 11.04.2025