Javlon Vahobov AQShda ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Foto: Uzdaily
O‘zbekistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov ishonch yorliqlari nusxasini 17 oktabr kuni AQSh Davlat departamentining bayonnoma rahbari vazifasini bajaruvchi Ketrin Hendersonga topshirdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, marosimda AQSh Davlat departamentining O‘zbekiston va mintaqa bilan munosabatlariga mas’ul bo‘limlari rahbarlari ishtirok etishdi.
AQSh Davlat departamenti vakillari O‘zbekistonning Qo‘shma Shtatlardagi yangi elchisini mamnuniyat bilan kutib olishdi va kelgusida ikki tomonlama munosabatlar yanada faolroq rivojlanishiga umid bildirishdi.
Amerika diplomatik bayonnomasiga ko‘ra, shu paytdan boshlab Javlon Vahobov amalda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Oq Uyda ishonch yorliqlarining asl nusxasi AQSh prezidenti Donald Trampga taqdim etilganidan so‘ng, elchining maqomi yuridik jihatdan belgilab qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu lavozimga tayinlanishidan oldin Javlon Vahobov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025